Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-oktyabr
OmborPro — qurilish kompaniyalari uchun ombor, ta'minot va hisob tizimi. Biz faqat ish uchun kerakli ma'lumotni saqlaymiz, uni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
1. Qanday ma'lumot saqlanadi
- Kompaniya ma'lumoti: ombor jurnali (kirim, chiqim, qoldiq), zayavkalar, nakladnoylar, firmalar, to'lovlar, obyektlar, hujjatlar va ularning rasmlari.
- Xodim ma'lumoti: login, ism-familiya, rol, telefon raqami (kiritilgan bo'lsa), Telegram ID'si, hujjatga qo'yilgan imzo rasmi.
- Xavfsizlik yozuvlari: kim, qachon, qaysi amalni bajargani; kirish paytidagi IP manzil va qurilma turi.
- Ilova bildirishnomalari: telefon ilovasi uchun bildirishnoma kaliti (push token).
Parollar ochiq holda saqlanmaydi — faqat ularning bir tomonlama xeshi saqlanadi.
2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
Faqat tizimning o'z ishi uchun: ombor hisobini yuritish, hujjat va xabarlarni tegishli xodimga yetkazish, hisobot tuzish, xavfsizlik va zaxira nusxa olish.
3. Kimga uzatiladi
Ma'lumot uchinchi shaxslarga sotilmaydi. Tizim ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalaniladi:
- Telegram — kompaniya tanlagan guruh va xodimlarga xabar, hujjat yuborish.
- Google — zaxira nusxalarni Google Drive'da saqlash (nusxalar shifrlangan holda yuboriladi) va telefon ilovasiga bildirishnoma yuborish (Firebase).
- Cloudflare — saytni hujumlardan himoya qilish va tezlashtirish.
- Sun'iy intellekt xizmatlari — foydalanuvchi o'zi yordamchiga savol bersa, savol matni javob olish uchun yuboriladi.
Qonun talab qilgan hollarda ma'lumot vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
4. Google ma'lumotidan foydalanish
OmborPro Google Drive'ga faqat o'zi yaratgan zaxira fayllariga kirish huquqi bilan ulanadi (drive.file). Drive'dagi boshqa fayllaringizni ko'rmaydi, o'qimaydi va o'zgartirmaydi. Google'dan olingan ma'lumot boshqa maqsadda ishlatilmaydi va hech kimga uzatilmaydi.
5. Qancha saqlanadi
- Kompaniya ma'lumoti — kompaniya tizimdan foydalanayotgan muddatda.
- Xavfsizlik yozuvlari — 6 oy, keyin shifrlangan arxivga o'tadi.
- Kunlik zaxira nusxalar — 30 kun, har oyning birinchi kunidagisi — 1 yil.
6. Himoya
Ma'lumot himoyalangan serverda saqlanadi. Ulanish shifrlangan (HTTPS). Admin va buxgalteriya panellariga kirishda ikki bosqichli tasdiqlash ishlatiladi. Zaxira nusxalar shifrlangan holda saqlanadi.
7. Huquqlaringiz
Xodim o'zi haqidagi ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni o'z kompaniyasi administratoridan yoki pastdagi manzil orqali so'rashi mumkin. Buxgalteriya hujjatlari qonunda belgilangan muddat saqlanishi kerak bo'lsa, ular shu muddat tugaguncha o'chirilmaydi.
8. Aloqa
Savollar bo'yicha: skladlarbetterbest@gmail.com
9. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.